◈ Sana: 2026-yil 23- oktyabr (juma), soat 10:00 ~
◈ Joy: Toshkent Koreya ta'lim markazi (hovli)
◈ Mazmun: "Dream Bridge Korea: Koreyada o‘qish va ishga joylashish bo‘yicha 2026-yilgi yagona yarmarka" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Janubiy Koreyaning 44 ta universiteti va 12 ta kompaniyasini qatnashib, O‘zbekistondagi o'quvchilar, talabalar, ota-onalar, ta’lim muassasalari vakillari, koreys tili dasturlari tinglovchilari shu jumladan, bitiruvchilar hamda ish izlayotgan shaxslardan iborat keng qamrovli ishtirokchilarni bir joyga jamladi. Ochilish marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Von Do Yon, O‘zbekistondagi Ta’lim, fan va rivojlanish metodologiyasi markazi direktori Shahzodbek Qurbaniyozov hamda O‘zbekiston bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, marosim davomida koreys madaniyatini namoyish etuvchi chiqishlar ham taqdim etildi.
◈ Qatnashuvchilar: Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi va hamrohlik qiluvchi rasmiy shaxslar; Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi direktori va tegishli xodimlar; O‘zbekistondagi Ta’lim va fan metodologiyasini rivojlantirish markazi direktori va mas’ul shaxslar; O‘zbekiston bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari va hamrohlik qiluvchi rasmiy shaxslar; Janubiy Koreya universitetlari vakillari; O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari; shuningdek, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari, ularning ota-onalari va boshqalar.