page-home-title

Markaz yangiliklari



O‘zbekistonda 12-Xalqaro koreys tilidan bilim darajasini

aniqlash imtihoni (TOPIK) IBT o‘tkazilishi to‘g‘risidagi E’LON

 

■ Imtihon haqida umumiy ma’lumot:

  ○ Imtihon tavsifi: TOPIK IBT (TOPIK imtihonining kompyuter versiyasi) TOPIK PBT (TOPIK imtihonining qog‘oz versiyasi) bilan bir xil kuchga ega bo‘lib, bir xil baholash tizimiga ega.

  ○ Imtihon o‘tkazish usuli: Imtihon joyida tayyorlangan kompyuterlar (PC kompyuterlar va boshqalar) yordamida o‘tkaziladi.

 ■ Imtihon o‘tkazish sanasi: 21-mart 2026-yil (shanba)
 ■
Imtihon o‘tkazish vaqti:

Imtihon darajasi

Imtihon bo’limlari

Imtihonga kirish vaqti

Imtihon boshlanish vaqti

Imtihon tugash vaqti

Imtihon davomiyligi

TOPIK I IBT

Tinglash (30 daq.)

O‘qish (40 daq.)

08:30~ 08:50

09:30

 10:40

70 daqiqa

TOPIK II IBT

Tinglash (35 daq.)

O‘qish (40 daq.)

Yozish (50 daq.)

 11:35

125 daqiqa

 

™ Imtihontopshiruvchilariimtihongakirishvaqtidankeyin imtihon xonalarigakirishmumkin emas, shuning uchun o‘z vaqtidayetib kelishingizni soʻraymiz.

™ Imtihon davomida xonadan chiqib ketish mumkin emas. Imtihon tugash vaqtidan oldin chiqgan imtihon ishtirokchilari imtihon tugaguniga qadar alohida xonada kutishlari shart. Shuningdek, ularga baho (natija) berilmaydi.


■ Imtihonda ishtirok etuvchilar: Ishtirok etishni xohlovchi barcha (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari)

■ Ro‘yxatdan o‘tish sanasi va vaqti:

  ○ Shaxsiy kabinetga ro‘yxatdan o‘tish sanasi: 2025-yil 12-dekabr (juma) 10:00 dan 2025-yil 17-dekabr (chorshanba) 24:00gacha

   ※ Shaxsiy kabinetga ro‘yxatdan o‘tish sayti:https://topiktashkec.uz

  ○ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: O‘zbekiston TOPIK saytidahttps://topiktashkec.uz

  ○Onlayn ro‘yxatdan o‘tish sanasi: 2025-yil 18-dekabr (payshanba) 19:00 dan 2025-yil 19-dekabr (juma) 19:00 gacha

  ○ Imtihon to‘lovini amalga oshirish muddati: 2025-yil 22-dekabr (dushanba)dan 2025-yil 26-dekabr (juma)gacha

     ø To‘lov faqat ish kunlari dushanbadan jumagacha 09:00dan 18:00gacha amalga oshiriladi. (Tushlik 12:00dan 13:00gacha. Shanba va yakshanba dam olish kuni)

 ø To‘lovni amalga oshirmagan shaxslar imtihonda ishtirok eta olmaydi.

 

12-TOPIK IBT imtihoni o‘tkaziladigan manzillar jadvali



Imtihon darajasi

Hudud

Imtihon o'tkazish joyi

Ishtirok etuvchilar soni



TOPIK I

Toshkent

Adju universiteti

120


O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti

52


Samarqand

Kimyo Xalqaro universiteti

55


Fargʻona

Koreya Xalqaro universiteti

100


Farg'ona Axborot Texnologiyalari universiteti

34


Namangan

Namangan Davlat Chet Tillari
 instituti (B bino)

45


TOPIK Ⅱ

Toshkent

Kimyo Xalqaro universiteti (M bino)

40


Puchon universiteti (IT Kampusi)

100


Toshkent Xalqaro universiteti

28


Samarqand

«Ipak Yo‘li» Turizm va Madaniy Meros Xalqaro universiteti

50


Fargʻona

Koreya Xalqaro universiteti

100


Namangan

Namangan Davlat Pedagogika instituti

45


Namangan Kimyo Xalqaro universiteti

40






■ Imtihonga onlayn ariza topshirish tartibi:

  ○ TOPIK veb-sahifasi (https://topiktashkec.uz)ga kirib ro‘yhatdan o‘tiladi.

     ※ Har bir shaxs faqat bitta identifikator (ID) bilan ro‘yhatdan o‘tishi mumkin

     ※ Ro‘yhatdan o‘tish belgilangan vaqtda amalga oshirilib, imtihonga onlayn ariza topshirish kuni roʻyxatdan oʻtish mumkin emas

 

  ○ Onlayn ariza topshirish vaqti boshlanganda TOPIK veb-sahifasi (https://topiktashkec.uz)ga kirib, LOGIN va PAROLni kiritib, imtihon darajasi, imtihon topshirish joyini tanlash mumkin.

    ※ Diqqat qiling, tizimga kirishda faqat bittagina qurilmadan kirish mumkin

    ※ Imtihonga onlayn ariza topshirish belgilangan kuni soat 19:00daboshlanib, ishtirokchilar soni to‘lishi bilan          yakuniga yetadi.

 

  ○ Ariza topshirish yakunlangach, TOPIK veb-sahifasidan imtihon arizasi va to’lov kvitansiyasini chop etib olish lozim.

    ※ Diqqat qiling! Imtihon arizasiga roʻyhatdan o‘tish vaqtida kiritilgan ma’lumotlar avtomatik koʻchirib o‘tkazilib, onlayn ariza topshirish kuni ma’lumotlarga oʻzgartirish kiritib bo‘lmaydi. Roʻyhatdan o‘tish vaqti kiritilgan notoʻgʻri ma’lumot uchun javobgarlik o‘z zimmangizda!

 

 ■ Imtihon toʻlovini amalga oshirish va imtihon raqamini olish

   ○ Onlayn ariza topshirgandan soʻng, arizani chop etish va belgilangan toʻlov muddati ichida Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markaziga kelib, kerakli hujjatlar bilan toʻlov amalga oshirilsagina imtihonga qatnashish huquqiga ega boʻladi va imtihon raqami taqdim etiladi.

     ※ Kerakli hujjatlar: Ariza, ID karta, passport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi

     ※ Imtihon toʻlovi: TOPIK I – 400,000 soʻm, TOPIK II – 600,000 soʻm

   ○ Onlaynariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta, pasport, tug’ilganlik haqidagi guvohnoma)dagi ma’lumotlar mos kelmasa, ro‘yxatga olish yakuniga yetmagan hisoblanib, imtihonda ishtirok eta olmaydi.

   ○ Imtihonga onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar imtihon to‘lovini to‘lay olmaydi.

 

■ Boshqa eslatmalar

  ○ Imtihonga onlayn roʻyxatdan oʻtgan, ammo toʻlovni amalga oshirmagan shaxslarga keyingi (navbatdagi 1ta) imtihonda ishtirok etish imkoniyati cheklanadi.

    ※ Murojaat uchun: Koreya Respublikasi Ta’lim markazi TOPIK bo‘limi 71)291-8182 (ichki raqam 123, 124)

 



11-dekabr 2025-yil


    Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi